29.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Mazkur maqola o’zbek musiqasida alohida o’ringa ega bo’lgan ud cholg’usining tarixiy rivojlanish bosqichlariga bag’ishlangan. Markaziy Osiyoda hududlaridan topilgan osori-atiqalardan, o’tmish musiqiy risolalarda musiqaning nazariy masalalari aynan udning dastasi orqali tushuntirilganligidan cholg’uning naqadar uzoq tarixga ega hamda ahamiyatli ekanligini anglash mumkin. Shuningdek, uning bugungi ko’rinishi, ijrochilik amaliyotida qo’llanilishi masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Keywords: ud, barbat, lyutnya, cholg’u, risola, terrakota, ayritom, tor, zir, bam, maslas, masna.