27.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada Koreya davlatchiligi tarixining bosqichlari, uning rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Koreyaning qadimgi davlati Gojoseondan boshlab, Uch Qirollik davri, Silla birlashuvi, Koryo va Choson sulolalari orqali zamonaviy Koreya davriga qadar bo‘lgan jarayonlar yoritiladi. Maqolada Koreyaning madaniy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yutuqlari, shuningdek, Xitoy va Yaponiya kabi qo‘shni davlatlar bilan aloqalari hamda ularning ta’siri tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot Koreya tarixini chuqurroq anglashga va uning bugungi kun madaniy hamda siyosiy holatiga asos solgan muhim omillarni tushunishga yordam beradi.
Keywords: Qadimgi Choson, Uch Qirollik davri, Silla, Koryo, Choson, Koreya madaniyati, Koreya davlatchiligi, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, buddizm, konfutsiylik, Hangul, Koreya urushi, Xitoy va Yaponiya ta’siri.