14.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Ushbu ilmiy maqola milliy hududiy chegaralar mavzusini tahlil qiladi, ularning tarixiy rivojlanishini, suverenitet bilan bog'liqligini va zamonaviy global siyosatdagi o'rnini o'rganadi. Milliy hududiy chegaralar davlatlarning suvereniteti, iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy strukturalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, xalqaro munosabatlarda muhim ta'sir ko'rsatadi. Maqolada, tarixiy davrlarda milliy hududiy chegaralarning shakllanishi, o'rta asrlardagi hududiy mojarolar, va 20-asrda yangi davlatlarning paydo bo'lishi haqida batafsil tahlil keltirilgan. Shuningdek, zamonaviy dunyodagi hududiy nizolar va global migratsiya oqimlari haqida muhokama qilinadi. Milliy hududiy chegaralarning o'zgarishi xalqaro siyosatda, iqtisodiyotda va xavfsizlikda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Keywords: Milliy hududiy chegaralar, suverenitet, tarixiy rivojlanish, hududiy mojarolar, global siyosat, migratsiya, xalqaro huquq, geosiyosat, hududiy nizolar, yangi davlatlar.