13.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. "Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni statistik o’rganish" mavzusi statistika fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, turli jarayonlar va hodisalarning o‘zaro ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Ushbu mavzu hodisalar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni o‘rganish orqali, ular orasidagi sabab-oqibat munosabatlarini tushunish imkonini beradi. Statistika usullari, xususan, korrelyatsiya va regression tahlil, dispersiya tahlili, variatsion tahlil vositasida hodisalarning o‘zaro aloqadorligi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning kuchi baholanadi. Mazkur mavzu nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda samarali qo‘llaniladi. Bu o‘rganishlar orqali qaror qabul qilish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil qilish, resurslardan samarali foydalanish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Shu sababli, statistik bog‘lanishlarni o‘rganish fan va amaliyotdagi dolzarb muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Keywords: Statistik bog‘lanish, korrelyatsiya tahlili, regression tahlili, dispersiya tahlili, variatsion tahlil, sabab-oqibat munosabatlari, miqdoriy bog‘liqlik, statistik usullar, hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik, tahlil va prognoz qilish.