08.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, uning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy tizimlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. U fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini, davlat boshqaruvi tuzilmasini, hokimiyat organlarining vakolatlarini belgilaydi. Konstitutsiya davlatning mustaqilligi va demokratik tamoyillarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, bu hujjat jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni taʼminlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning barqarorligi davlatning rivojlanishi va fuqarolarning farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: Konstitutsiya, asosiy qonun, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi, demokratik tamoyillar, hokimiyat organlari, ijtimoiy barqarorlik, huquqiy tizim.