TIJORAT BANKLARIDA KASSA VA KASSA OPERATSIYALARI XISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

12.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Mazkur maqolada tijorat banklarining kassa operatsiyalarini boshqarish va hisoblash tizimlarini takomillashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqot davomida kassa operatsiyalarini samarali boshqarish orqali bankning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, naqd pul aylanmasining tezkorligi va samaradorligini ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, bu orqali inson omilini kamaytirish va operatsion xavfsizlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi. Avtomatlashtirish orqali nafaqat kassa operatsiyalarining tezligi va aniqligi oshadi, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati ham yaxshilanadi. Shu bilan birga, maqolada masofaviy xizmatlarning o‘sishi ham yoritilgan bo‘lib, bu kassa operatsiyalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, xizmatlarni yanada qulay qilishga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, tijorat banklarida kassa operatsiyalarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.

Keywords: tijorat banklari, kassa operatsiyalari, naqd pul aylanmasi, avtomatlashtirish, xavfsizlik, moliyaviy samaradorlik, masofaviy bank xizmatlari, inson omili, raqamlashtirish, optimallashtirish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor