12.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. Ushbu maqola tijorat banklarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlar asosida joriy etish zaruriyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda moliyaviy tizimdagi korrupsiya xavfi bank tizimining samaradorligi va xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, tijorat banklarida ichki nazorat tizimlarini mustahkamlash, bu tizimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda ilg‘or xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada ISO 37001:2016 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) va FATF (Moliyaviy faoliyat bo‘yicha ishchi guruh) tavsiyalari asosida tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlarini tashkil etish jarayoni, mazkur standartlarni joriy qilishning ustunliklari, banklarning ichki nazorat tizimlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklar keng yoritilgan. Ichki nazorat tizimi yordamida korrupsiya xavfini aniqlash, bartaraf etish va monitoring qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda banklar uchun xalqaro standartlarni tatbiq etish istiqbollari, milliy qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar va davlat hamda nodavlat sektorlarning ushbu yo‘nalishdagi hamkorligi haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini yaratish, ichki audit va xavf-menejment tizimlarini rivojlantirish, moliyaviy muassasalar uchun yuqori xavfsizlik va shaffoflik darajasini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
Keywords: tijorat banklari, ichki nazorat tizimi, korrupsiyaga qarshi kurash, xalqaro standartlar, ISO 37001:2016, FATF tavsiyalari, boshqaruv tizimi, moliyaviy xavfsizlik, O‘zbekiston bank tizimi, qonunchilik.