09.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zarurati va JST normalari asosida savdo to‘siqlarini kamaytirish va tashkilotga a’zo mamlakatlar uchun bir xil teng sharoit yaratishdagi roli muhokama qilingan. Maqolada Tashkilotga a’zo bo‘lishning huquqiy shartlari va asoslari, O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining ijobiy tomonlari hamda a’zolikka bo‘lgan amaliy harakatlar tavsifi muhokama qilingan. O‘zbekistonga xorij investitsiyasini jalb etish, mamlakatni global savdo tizimiga integratsiyalash, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy masalarini ham o‘z ichiga oladi.
Keywords: Jahon savdo tashkiloti, integratsiya, xorij investitsiyasi, global savdo tizimi, GATT kelishuvi, Bilateral tarzda kelishuv, Milliy rejim, Eng qulay rejim.