09.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. Qandli diabet – global sog‘liqni saqlash tizimida katta e’tibor talab qiluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha millionlab odamlar hayotini qiyinlashtiradi. Bu maqola diabet kasalligini boshqarish va davolashda tibbiy texnologiyalarning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish uchun sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida bemorlarning hayot sifati qanday yaxshilanayotgani haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, diabetli bemorlar uchun raqamli ilovalar va sun'iy intellekt yordamida shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalari qanday yaratilyapti, degan savollarga javob izlanadi.
Keywords: Qandli diabet, insulin nasoslari, glyukozani monitoring qilish, tibbiy texnologiyalar, sun'iy intellekt, diabetni boshqarish, raqamli sog'liqni saqlash.