FOND BOZORI SAVDO TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

25.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10

Abstract. Ushbu maqolada fond bozori savdo tizimlarini rivojlantirishning turli yo'nalishlari chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, elektron savdo tizimlari, blokcheyn texnologiyasi va sun'iy intellekt kabi innovatsion yechimlar fond bozorining asosiy omillaridan biri sifatida kiritilib, ular savdo jarayonlarini tezkor, oshkora va xavfsiz qilishda muhim rol o'ynaydi. Elektron savdo platformalari savdo ishtirokchilariga real vaqt rejimida bitimlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi va shu orqali bozor likvidligini oshiradi. Blokcheyn texnologiyasining fond bozoriga joriy etilishi, savdo operatsiyalarini yanada ishonchli va kuzatilishi mumkin bo'lgan tizimga aylantiradi. Bu texnologiya yordamida bitimlar xavfsizligi va ularning shaffofligi oshadi, bu esa bozor ishtirokchilarining ishonchini orttiradi. Shuningdek, sun'iy intellekt va algoritmik savdo fond bozorida tahliliy va strategik qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi, bu esa investorlarning yanada samarali savdo qilishi uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. O'zbekiston fond bozorini rivojlantirish jarayonida xalqaro savdo tizimlari bilan integratsiyalashish zarurati katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu integratsiya orqali mahalliy kompaniyalar xalqaro miqyosda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi, bu esa O'zbekiston fond bozorining global raqobatbardoshligini oshiradi. Shuningdek, xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish orqali fond bozorining samaradorligi oshirilishi mumkin.

Keywords: fond bozori, savdo tizimlari, elektron tijorat, blokcheyn, sun’iy intellekt, xalqaro integratsiya, texnologik innovatsiyalar, huquqiy infratuzilma, investorlar, raqobatbardoshlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor