YURIDIK PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI VA O'RGANISH METODLARI, FAN OLDIDA TURGAN HOZIRGI MUAMMOLAR

20.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10

Abstract. Yuridik psixologiya – bu psixologiya va huquqning tutashgan yo‘nalishi bo‘lib, huquqiy jarayonlarda shaxs xulq-atvori, psixologik holatlari va ular huquqiy munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Ushbu fan jinoyatchilar, jabrlanuvchilar, guvohlar va sud jarayonidagi boshqa ishtirokchilarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Yuridik psixologiyada eksperemental metodlar, anketalar, so‘rovlar va kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlar asosida inson xulq-atvorini baholash usullari qo‘llaniladi. Ushbu yo‘nalishda asosiy muammolar jinoyatchilikni chuqur tushunish, sud jarayonlarining psixologik jihatlarini to‘g‘ri tahlil qilish va ekspertiza sohasini yanada takomillashtirishdir.

Keywords: yuridik psixologiya, jinoyatchilik psixologiyasi, sud psixologiyasi, kriminalistik ekspertiza, psixologik tahlil, guvoh psixologiyasi, jabrlanuvchi xulq-atvori, huquqiy jarayon, eksperimental metodlar, sud jarayoni psixologiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor