16.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10
Abstract. Hozirgi davrda yurtimizda qonunchilik va sud-huquq tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada sud huquq tizimini isloh qilishda xorijiy mamlakatlar tajribasi va ularni mamlakatimizda tadbiq etishning keng istiqbollari keng yoritib berilgan. Misol sifatida Yaqin sharq mamlakatlari xususan Birlashgan Arab Amirliklari sud-huquq tizimi va Germaniya Federativ Respublikasining sud-huquq tizimi haqida malumotlar berib o‘tilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirishda amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha yoritib berilgan.
Keywords: sanksiya, sud, huquq, federativ davlat, demokratiya, fuqarolik jamiyati.