SOLIQ TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ORQALI KO'RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA ULARNING AHAMIYATI

13.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10

Abstract. Ushbu maqolada soliq tizimida axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning turlari, soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar va ahamiyati, yuridik va jismoniy shaxslarga foydasi va davlat budjetini takomillashtirishdagi o‘rni sо’z yuritiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari soliq to‘lovchilarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, soliq idoralari faoliyatini takomillashtirish va xatoliklarni kamaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada bu texnologiyalar yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning soliq to‘lovchilarga va soliq idoralari faoliyatiga bo‘lgan ijobiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berilgan. Soliq tizimida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari xizmatlari orasida onlayn soliq deklaratsiyalarini topshirish, elektron hisob-faktura tizimi, soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti va boshqa interaktiv xizmatlar ajralib turadi. Ushbu texnologiyalar soliq to‘lovchilar uchun vaqt va mablag‘ni tejash bilan birga, soliq organlariga real vaqtda ma'lumot olish va qayta ishlash imkonini beradi. Maqolada axborot texnologiyalari xizmatlarining samaradorligi, ular orqali qog‘ozsiz ishlash imkoniyatlari, va ma'lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilingan.

Keywords: Soliq, axborot-komunikatsiya texnologiyalari, axborot texnologiyalari, interaktiv xizmatlar, soliq xizmati, soliq organlari, soliq tizimi, Davlat soliq xizmati organlari, Davlat soliq qoʻmitasi, elektron davlat xizmatlari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor