11.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10
Abstract. Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida ekilgan soya maydonining o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda. “Shundan har gektardan olinadigan soya hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu bilan birga turli tuproq sharoitida soya navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Respublikaning unumdorligi past bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, soya ekinini asosiy ekin sifatida yetishtirish, donning oqsil miqdorini, moylilik darajasini oshirishda bio-organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqlarni agroekalogik holatlarini yaxshilash hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatida keng joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Keywords: Tuproq unumdorligi, donli ekinlar, mineral o’g’tlar me’yori va muddatlari, samaradorlik.