09.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10
Abstract. Bu tajriba 2021 yil Turkiya Respublikasida paxta yetishtirish boʼyicha oldi oʼrinlarda turuvchi Аydin viloyatining Soʼke tumanida ildiz chirish kasalligini qoʼzgʼatuvchi zamburugʼ patogenlarini tarqalish darajalarini oʼrganish va bu patogenlarga qarshi bazi biologik va kimyoviy preparatlarning dala iqlim sharoitida samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshirildi. Kasallangan oʼsimlik namunalaridan amalga oshirilgan kulturalash natijasida Rhizoctonia solani, Fusarium spp. Pythium spp. va Macrophomina phaseolina kabi patogenlar ajratib olindi. Аjratib olingan patogenlar hududlar kesimida tarqalishi tadqiq qilinganda Rhizoctonia solani, namuna olingan barcha dalalarda aniqlandi va 100% lik natija bilan eng koʼp tarqalgan patogen ekanligi qayd etildi. Bu patogenlarga qarshi dala sharoitlarida 3 ta biologik va 2 ta kimyoviy preparatlar sinab koʼrildi va eng yuqori samaradorlik Rizolex-T (75.17%), Dynasty CST (68.21%), Subtilex Foliar (64.22%), T-22 Planter Box + ERS (61.56%) va T-22 Planter Box (60.71%) variantlaridan olingan.
Keywords: gʼoʼza, biofungitsid, ildiz chirish, Trichoderma harzianum, Bacillus subtilis, Glomus spp.