30.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada davriy sistemaning III A guruhiga mansub elementlardan biri bo‘lgan alyuminiyning davriy jadvaldagi o‘rni va uning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilgan. Alyuminiy, atom raqami 13 bo‘lgan metall bo‘lib, davriy sistemada uchinchi davr va III A guruhida joylashgan. Mazkur maqolada alyuminiyning atom tuzilishi, ionlashish energiyasi, elektromanfiylik va oksidlanish darajasi kabi xossalari tahlil qilinadi. Alyuminiyning fizik xossalari, jumladan, zichligi, suyuqlanish va qaynash nuqtalari, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi, shuningdek, kimyoviy faoliyati ham keng ko‘lamda ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, uning atmosfera ta’sirida passivlanishi va korroziyaga chidamliligi muhim jihatlaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada alyuminiyning sanoat va texnologiyalardagi ahamiyati, uni olish va qayta ishlash jarayonlari ham qisqacha yoritiladi.
Keywords: Alyuminiy, III A guruhi, Davriy jadval, Fizik xossalar, Kimyoviy xossalar, Atom tuzilishi, Ionlashish energiyasi, Elektromanfiylik, Passivlanish, Korroziyaga chidamlilik, Sanoat qo‘llanilishi.