28.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9
Abstract. Paxta yetishtirish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston 2022-2023 yil holatiga ko‘ra Xitoy, Hindiston, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Turkiya, Pokistondan keyingi sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Markerlarga asoslangan seleksiya usuli paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda yangi va rivojlanayotgan, seleksiya muddatini qisqartirish va nav tozaligi yuqori bo‘lgan navlar yaratish imkonini beruvchi samarali usullardan biri hisoblanadi va bu borada Xitoy va AQSH yetakchilik qiladi. Bu ro‘yxatda O‘zbekiston Respublikasi Pokiston va Hindistondan keyingi beshinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu maqolada seleksiya sohasida MAS usulini qo‘llashning ahamiyati va zarurati, ushbu sohada tadqiqotlar olib borgan olimlar va ularning tadqiqot natijalari qisqacha yoritib berilgan.
Keywords: Seleksiya, g‘o‘za, markerlaga asoslangan seleksiya, o‘rgimchakkana, bardoshlilik, tanlash.