21.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9
Abstract. Dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash barchaning e’tiborida qolmoqda. Jinoyatchilikning bu mudhish turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bo’lgan hujjatlari qabul qilingan. Xususan, “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to’g’risida’’gi Konventsiya (1949 yil), “Qullik va qul savdosini, qullikka o’xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to’g’risida”gi qo’shimcha konventsiya (1956 yil), “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida”gi konventsiyani to’ldiruvchi“ Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini to’xtatish, oldini olish va uning uchun jazo to’g’risida”gi bayonoma(2000yil) shu toifadagi xalqaro huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Afsuski, dunyo bo’ylab shuncha keng qamrovli amaliyot, tegishli targ’ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay. Har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik”, ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar hatto yosh bolalar ham borligi judayam achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo’layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma’lumotga ega emaslidir.
Keywords: Odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya, huquqiy madaniyat, huquqiy ong.