O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING ASOSCHISI, MAMLAKAT MUSTAQIL TARAQQIYOT YO'LINI BELGILAB BERGAN ATOQLI DAVLAT ARBOBI

21.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9

Abstract. Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bu hayot juda tez-boshdagi do’ppini bir aylantirguncha o’tadi- ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o’z farzandlari va kelgusi nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko’ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi kerak. Birinchisi, sog’lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish, Ikinchisi, o’z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish, Uchinchisi, kelajakni o’ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o’tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o’z aksini topgan. Qisqasi, o’zbekning hamma orzu-havaslari, hayotining mazmunida farzandlarining kelajagi, baxt-u saodati bilan bog’liq maqsadlarni ko’ramiz. Vatan hissi, Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir.

Keywords: komil inson, tarbiya, davlat siyosati, inson, xalq, barkamol avlod, istiqlol.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor