ZAMONAVIY YOSHLAR VA MILLIY O'YINLARNING AHAMIYATI

19.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9

Abstract. Mazkur maqola zamonaviy yoshlarning ko'p vaqtlarini virtual olamda, xususan, jangari va zo'ravonlikka asoslangan kompyuter va telefon o'yinlariga bag'ishlashlari, bu esa ularning ruhiy salomatligi va xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida so'z yuritadi. Maqola, yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarni singdiruvchi tarbiyaviy va ma'naviy mazmunli o'yinlarni yaratish zaruratini ta'kidlaydi. "To’maris" o'yini shunday o'yinlardan biri sifatida keltirilib, uning yosh avlod uchun tarixiy bilimlarni oshirishi va vatanparvarlik ruhini singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Mazkur o'yin yoshlarning nafaqat bilim olishlari, balki milliy qadriyatlar va urf-odatlarni anglashlariga yordam beradi. O'yinning maqsadi yoshlarni ma'naviy jihatdan boyitib, ularni milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undashdir.

Keywords: Milliy o'yinlar, To’maris o’yini, O'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati, Jangari o'yinlar, Vatanparvarlik, Tarixiy bilim, Milliy qadriyatlar, Ruhiy salomatlik, Skiflar podshohligi, Massagetlar, Milliy liboslar, Qadimiy tarix.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor