30.07.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada biz 1870 – yillarga kelganda Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvolni bir qator tadqiqotlar asosida taxlil etamiz. Bu davrda xonlik hududi ancha qisqarib ketgan, xazinaga tushadigan daromadlar ham kamaygan edi. Xazinani to‘ldirish uchun esa, og‘ir va xilma-xil soliq va majburiyatlar joriy etilardi. Qo‘qon xonligi Rossiya tomonidan egallana boshlangandan so‘ng, aholining ahvoli kundan-kunga yana ham og‘irlashib bordi. Xalqdan keragidan ortiq narsalar talab etila boshlandi. Bosqinchilar zulmi ostida qolgan xalqning hayoti og‘irlashib ketishi, soliqlarning ko‘payib borishi, qimmatchilik va ocharchilikning avj olishi, amaldorlarga nisbatan nafratning oshib borishi esa, xalqning qo‘llariga qurol olib, o‘z ozodliklari, erklari uchun kurashishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan xalq harakatlaridan biri bo‘lgan Po‘latxon qo‘zg‘oloni shu tarzda boshlandi. Ammo bu qo‘zg‘olonga baho berishda shu kunga qadar tarixchi olimlar o‘rtasida hamfikrlik yo‘q. Birlari uni “xalq harakati” desa, ikkinchilari “reaktsion harakat”, uchinchilari “milliy ozodlik kurashi”, boshqalari esa “o‘zaro feodal urush” deb ataydilar.
Keywords: Po‘latxon, xalq xarakatlari, soliqlar, Qo‘qon xonligi, qirg‘izlar.