30.07.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada jahon tilshunosligi bilan bogʻliq ijodlarni oʻrganishning amaliy ahamiyatini atoqli turkman shoiri Maxtumquli ijodiga eʼtibor qaratish asosida yoritishga harakat qilganmiz. Maxtumquli asarlarini oʻrganish turkman tili evolyutsiyasi va uning madaniy-tarixiy kontekstini tushunish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlanadi. Maxtumqulining turkman adabiyotidagi ahamiyati, turkman tili rivojiga taʼsiri haqida fikr yuritishdan boshlanib Maxtumquli sheʼriyatini tahlil qilish orqali turkmanga xos til xususiyatlari va tuzilmalarini yoritib berish, uning tipologik xususiyatlarini ochilishi uchun samarali xizmat qilish haqidagi gʻoyaviy qarashlar bayon qilingan.
Keywords: Jahon tilshunosligi, Maxtumquli, turkman adabiyoti, til evolyutsiyasi, madaniy meros, morfologik tahlil, leksik-semantik tahlil, sintaktik tahlil, madaniy idrok.