O‘ZBEKISTONDA TURIZM INVESTITSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

30.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Ushbu maqola O‘zbekistonda turizm sohasidagi investitsiya muhitini va uning istiqbollarini tahlil qilishga qaratilgan holda, turizm sanoatining hozirgi holati va rivojlanish tendentsiyalari, turizm sohasidagi investitsiya hajmi va tarkibi, turizm sektorida ishtirok etayotgan xorijiy va mahalliy investorlar, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari, O‘zbekistonda turizm sektori uchun investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar,investitsion muhitni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish, turizmga oid imtiyozlar va preferensiyalarni kengaytirish, turizm infratuzilmasini isloh qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonda turizm investitsiyalarini jalb qilish uchun olib boriladigan chora tadbirlar, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun targ‘ibotlar olib borish, turizm loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi manbalarni joriy etish, investorlar uchun qulay va ochiq investitsion muhitni yaratish haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Keywords: Turizm investitsiyalari, investitsion muhit, turizm infratuzilmasi, investitsiya loyihalari, investitsiya manbaalari, investitsiya strategiyasi, turizm sektori rivojlanishi, imtiyozlar va preferensiyalar, turizm loyihalarini moliyalashtirish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor