INNOVATSION TURIZM VA YASHIL IQTISODIYOT

27.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Mazkur maqola innovatsion turizm va yashil iqtisodiyotning mohiyati, ularning o'zaro aloqasi va istiqbollari o'rganilgan. Innovatsion turizm zamonaviy texnologiyalar va yangi yondashuvlarni qo'llash orqali turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish, turistlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Yashil iqtisodiyot esa tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik muhitni himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta'minlashga asoslangan iqtisodiy modeldir. Maqolada innovatsion turizm va yashil iqtisodiyotning integratsiyasi nafaqat turizm sohasini rivojlantirish, balki barqaror rivojlanishni ta'minlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan. Bu yo'nalishlar bo'yicha tadqiqotlar va amaliy loyihalarni kengaytirish zarurligi ta'kidlangan.

Keywords: Innovatsion turizm, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik turizm, raqamli texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya, ekologik xavfsizlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor