SOTSIAL INSTITUT TURLARI: OILA, SIYOSAT, DIN, IQTISOD, TA’LIM, HUQUQ.

26.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Mazkur maqolada ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy munosabatlarning ba’zi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat yoki muayyan ijtimoiy guruh a’zolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda. Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur qiladi; o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga ta’lim berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.

Keywords: Sotsial institut, oila, nuklear oila, poligamiya, jamoatchilik fikri, din, mafkura, mentalitet, dunyoviylashish, latent funktsiya, politeizm.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor