21.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5
Abstract. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida inqiroz jarayonlari chuqurlashib, dunyo miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shunga muvofiq tarzda xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.
Keywords: Milliy iqtisodiyot, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlari, tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi.