MAS TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O'RGIMCHAKKANAGA BARDOSHLI F2 DURAGAYLARNI TANLASH, QIMMATLI XO'JALIK BELGILARINI BAHOLASH VA ULAR ASOSIDA BOSHLANG'ICH ASHYOLAR OLISH

12.03.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada MAS (markerlarga asoslangan seleksiya) usulidan foydalanib o`rgimchakkanaga chidamlir navlar yaratish uchun olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Dastlab, o`rgimchakkanaga chidamli va sezgir, hamda genotipik jihatdan polimorf namunalar so`ruvchi zararkunandalarga chidamlilik geniga spesifik praymerlari yordami ajratib olingan. So`ngra ular o`zaro chatishtirilib duragaylar kombinatsiyalar olingan. Olingan duragay kombinatsiyalarning F2 avlodlaridan spesifik praymerlar, hamda fenotipik tahlillar yordamida o`rgimchakkanaga bordoshli bo`lgan genotiplar tanlab olingan va o`rgimchakkanaga chidamli navlar yaratish uchun olib boriladigan tadqiqotlarda boshlang`ich ashyo sifatida foydalanish uchun tavsiya qilingan.

Keywords: MAS, paxta, F2 duragaylar, PZR, chidamlilik, o`rgimchakkana, tola chiqimi, polimorfizm.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor