O'ZBEK TILIDAGI SLENGLAR VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI

11.03.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada slenglarning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq qilinadi. Aytilgan fikrlar misollar bilan dalillanadi. Slenglar zamonaviy tilda yashovchi so’zlar bo’lib, adabiy tilda foydalanish uchun nomaqbul deb hisoblanadi. Shuningdek, slenglarning ko’p so’zlari va iboralari keng ommaga tushunarsiz bo’ladi. Chunki, aksariyat slenglar ko’chma ma’noda qo’llaniladi va ular ko’pincha chet tillaridan, ularning dialekt va jargonlaridan o’zlashtirilgan bo’ladi. O‘zbek tilining slenglar lug‘atini yaratish tilimizning boy leksikasini va tilimizdagi xilma-xillikni namoyon qiladi. Shuningdek, tilimizni sotsial jihatdan tahlil qilish fandagi yangi ilmiy xulosalar tomon yetaklaydi. Bu boradagi ilk qadam slenglar va boshqa sotsial leksikaning ilmiy chegarasini belgilab olib, uning alohida xususiyatlarini belgilab olishdir.

Keywords: Sotsiolingvistika, sotsiolektlar, jargon, argon, sleng, so‘zlashuv nutqi, til leksikasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor