TIPIK BO‘Z TUPROQLARDA JOYLASHGAN ISSIQXONALARDA YETISHTIRILGAN POMIDORGA MINERAL O‘G‘ITLAR SAMARADORLIGI

29.02.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 2

Abstract. Respublikamizda so’nggi yillarda aholini oziq-ovqat va boshqa qishloq xo’jaligi, xususan, sabzavot mahsulotlariga b’lgan ehtiyojini to’la qondirish maqsadida sabzavotchilik tarmo’ida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib muayyan natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo„ljallangan strategiyasida tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g’itdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unimdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko’rish borasida muhim vazifalar ko’rsatib o„tilgan. Issiqxona tuproqlari unumdorligini oshirishning muhim yo‘llaridan biri organik chiqindilarning ekologik toza biokonservatsiyasi mahsuloti- biogumusdan oqilona foydalanishdir. Sabzavot ekinlari orasida Pomidor o‘simligi muhim o‘rin tutadi va u yurtimizda eng ko‘p ekiladigan ekinlar qatoridan joy olgan. Shuning uchun aholini yangi terilgan meva va konserva sanoatini hom-ashyoga bo‘lgan talabini qondirish uchun Pomidor ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak bo‘ladi. Bunga nafaqat yangi serhosil navlarni yaratib, balki Pomidor yetishtirishning jadal texnologiyalarini joriy qilish orqali mahsulot tannarxini pasaytirgan holda hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin.

Keywords: Tuproqlar unmdorligi issiqxonalarda yetishtirilgan pomidorlar, mineral o‘g‘itlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor