TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA G'O'ZADA ORGANIK O'G'ITLAR VA KOMPOSTLARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI VA TEXNIKASI

25.02.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 2

Abstract. Tuproq unumdorligini yaxshilash va olinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini oshirishda organik o‘g‘itlar va kompostlar muhim o‘rinni egallaydi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib,ayrim hollarda ularning yetishmasligi kuzatiladi. Masalan O‘zbekiston sharoitida gumus balansini defitsitsiz holatda ushlab turish uchun har bir gektar sug‘oriladigan yerga har yili 20 tonna organik o‘g‘it qo‘llanilishi kerak aslida. Lekin, hozircha ushbu miqdordagi organik o‘g‘itlarni to‘plash imkoniyati yo‘q. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili qishloq xo‘jaligini azotli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi 85-90 %, fosforli o‘g‘itlarga hamda kaliyli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi esa undan ham kamroq (45-55% va 45-50%) qondirilmoqda. Organik o‘g‘itlar bilan tuproqqa o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha oziq elementlar bilan bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi.

Keywords: Organik va kompostli o’g’it, g’o’za o’simligini o’sishi va rivojlanishiga, tasiri o’simlikni o’sish davrlari o’g’itlar samaradorligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor