11.02.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 2
Abstract. Mamlakatda o’zaro bir birining ishlab chiqarish faoliyatiga bog’liq bo’lgan tarmoqlarning o’zaro bog’liqlikni (aloqani) tashkil etish bilan qo’shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta’sir ko’rsata oladigan innovatsiyani alohida turini – “yalpi innovatsion mahsulot”ni yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Tarmoqlararo balans asosida tarmoqlarning o’zaro ta’sirini baholashni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan kadrlarning malakasini oshirish uchun zaruriy xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratiladi. Tarmoqlararo kooperatsiya natijasida investitsiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investitsiyalarni faoliyat sohalari bo’yicha taqsimlash jarayoni yaxshilanadi, yuqori sifatli inson kapitali shakllantiriladi.
Keywords: tarmoq, tarmoqlararo balans