24.01.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 1
Abstract. Ushbu maqola arab va o’zbek tillaridagi o’xshatishning lingvo-madaniy aspektlarini o’rganishga qaratilgan. U shuningdek, arab tiliga xos o’xshatishlar o’zbek tiliga o’girilganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ayrim lingvistik muammolarni hal qilishda o’ziga xos yechimlar tadqiqi hamdir. Maqolada tarjimonlar madaniy soha bilan chambarchas bog’liq ushbu fenomenni boshqa tillarga o’girishda qanday lingvistik strategiyalar asosida saqlab qolishlari va mazkur ritorik omilni o’z ornida qo’llamaslik tarjimada qanday xato va kamchiliklarga olib kelishi tahliliy yoritilgan. Bu yerda markaziy o’rin tutuvchi asosiy fikr arabcha o’xshatishlarning o’zbek tiliga ifodali va aniq tarjima qilinishi o’zbek madaniyati va milliy til xususiyatlari yuzasidan chuqur bilimga asoslanishini taqozo qiladi, zero ana shunda tillararo almashinayotgan fikrlar va g’oyalar jarayonida mutanosiblik va muvofiqlik shakllanadi. Maqolada yana ba’zi muallif va tarjimonlar tomonidan arab tilidagi matnlar boshqa tillarga o’girilayotganda arab xalqlariga xos madaniy unsurlar ishtirokidagi muayyan tasviriy ifodalarni shaklan aynan saqlab qolishga intilishlari mazmunni yetarlicha qamrab ololmasliklariga olib kelishi ham atroflicha tahlil qilinadi.
Keywords: tashbeh, badiiy san’atlar