G'O'ZADA ORGANIK O'G'ITLAR VA KOMPOSTLARNI QO'LLASH TEXNOLOGIYASI PAXTA HOSILI VA UNING SIFAT KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI

07.01.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 2 Issue 12

Abstract. Bugungi kunda tuproq unumdorligi va olinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini oshirishda organik o‘g‘itlar va kompostlar muhim o‘rinni egallaydi. Keyingi yillarda butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham yer resurslaridan jadal sur’atda foydalanish natijasida tuproqlarda gumus va oziq elementlar miqdorining kamayishi kuzatilib, tuproqda ayrim elementlarning yetishmasligi sodir bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi tuproqlardan har yili hosil orqali oziq elementlari tashqariga ko‘proq chiqib ketib, kamroq qaytib kelishi, ya’ni chiqim va kirim balansining buzilishidir. Rivojlangan mamlakatlarda paxta xom ashyosi yetishtirishning 2016-2017 yillardagi tahlili shuni koʼrsatadiki, paxta yetishtirish boʼyicha birinchi beshlikka Hindiston, Xitoy, АQSh, Pokiston va Braziliya davlatlari kiradi. Ushbu holat bir qator salbiy ko‘rinishlarga olib keladi, jumladan tuproqlarning antropogen ta’sirlariga qarshiligi kamayib, eroziya jarayonlari kuchayadi, fizik-kimyoviy xususiyatlari yomonlashib, agronomik qimmatli xisoblangan agrigatlik tarkibi buziladi.

Keywords: Organik o‘g‘itlar va kompostlar


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor