20.12.2023 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 2 Issue 12
Abstract. Chilla davri yiringli septik kasalliklari ichida eng xavflisi bo‘lib hisoblanadi. Bu kasallikning oldini olishga qaratilgan profilaktik muolajalarni o‘z vaqtida o‘tqazish onalar o‘limining kamayishiga olib keladi. Respublikamizda tug‘ish yoshidagi ayollar orasida ekstragenital va genital kasalliklarning ko‘p uchrashi homiladorlik davrida immun tizimning susayishi, infektsion agentlarga nisbatan organizmning himoya kuchlarining pasayishiga olib keladi. Buning natijasida chilla davrida EGK fonida yiringli kasalliklarning kelib chiqishi kuzatiladi, kasalikni kechikib aniqlash va davolash onalar o‘limiga sabab bo‘ladi.
Keywords: peritonit, jarrohlik, tug‘ruq, yo`ldosh, patologiya, bachadon, platsenta, abort, chilla, homila, barvaqt.