Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, ilmiy-metodologik qarashlari hamda uning bugungi kunda O‘zbekiston ilm-fani rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy ilmiy merosining qadri, uning tabiiy fanlar, matematika, astronomiya va falsafadagi yondashuvlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.
Mazkur maqolada arab tilining ilm-fan va din sohalaridagi terminologik ahamiyati, tarixiy shakllanish jarayoni hamda zamonaviy ilmiy nutqdagi o‘rni tahlil qilinadi. Arab tili ming yillar davomida nafaqat diniy bilimlarning, balki falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarning asosiy ilmiy ifoda vositasi bo‘lib kelgan. Maqolada arab terminologiyasining jahon ilmiy tafakkuriga ta’siri, uning o‘zbek va boshqa tillardagi ilmiy so‘z boyligiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, arab tili bugungi kunda ham ilmiy an’ana va diniy merosni birlashtiruvchi universal ilmiy til sifatida tahlil etiladi.
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.
Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.