MEHNAT VA MASHG‘ULOTLAR SOHASIDA KAMSITISHNI TAQIQLASHNING MILLIY VA XALQARO-HUQUQIY MEXANIZMLARI

20.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlashning xalqaro-huquqiy asoslari, uning huquqiy tabiati hamda mazkur prinsipni milliy huquq tizimida amalga oshirishning huquqiy va institutsional mexanizmlari kompleks tahlil qilinadi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng haq to‘lashga oid 100-sonli hamda mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlashga oid 111-sonli konvensiyalarida belgilangan xalqaro standartlar, ularning davlatlar zimmasiga yuklaydigan majburiyatlari va milliy huquq tizimlarida ushbu majburiyatlarni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida kamsitishni taqiqlash, teng imkoniyatlarni kafolatlash va buzilgan mehnat huquqlarini tiklashga qaratilgan normalar xalqaro standartlar bilan qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishning mavjud huquqiy muammolari yoritilib, huquqni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish hamda mehnat munosabatlarida haqiqiy tenglikni ta’minlash yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar ilgari suriladi.

Keywords: mehnatda kamsitish, xalqaro mehnat standartlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, XMTning 100 va 111-sonli konvensiyalari, bevosita va bilvosita kamsitish, teng imkoniyatlar, milliy qonunchilik, implementatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor