14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tilidagi sifat yasash vositalari, shuningdek, gap tuzilmasida tutgan o’rni, tafovut va o’xshashliklari tahlil qilinadi. Tipologik jihatdan turlicha bo’lgan bu ikki til sifat yasashda turlicha bo’lgan suffisk va affisklardan foydalanadi, o’zbek tilida sifatlar asosan o’zakka affikslar qo’shish orqali yasalib, drajalar ham qo’shimchalar orqali ifodalanadi, ingliz tilida esa sifatlar asosan suffikslar yordamida yasaladi. O’zbek tili agglutinativ bo’lgani uchun sifat yasovchi vositalar so’z oxiriga ketma-ket qo’shilsa, ingliz tilida sifat darajalari ya’ni qiyosiy va orttirma darajalarning bo’g’in soniga qarab turlicha shakllandi. Mazkuz tadqiqot ikki tilning qiyosiy tahlili orqali sifat yasalishidagi umumiy va farqli jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu farqlarni aniqlash til birliklarining funksional xususiyatlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Keywords: sifat, sifat darajalari, ingliz tili, o’zbek tili, suffiks, affiks.