14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada shaxmatchilarning musobaqa jarayonida yuzaga keladigan charchoq holatini boshqarishda jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda uzoq davom etadigan shaxmat partiyalarining sportchi organizmiga fiziologik va psixologik ta’siri, kognitiv charchoqning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda umumiy chidamlilikning funksional imkoniyatlarni saqlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, aerob mashqlar, harakat faolligi, mushaklar faoliyati va tiklanish jarayonlarining shaxmatchilar tayyorgarligidagi ahamiyati asoslangan.
Keywords: shaxmat, shaxmatchi, jismoniy tayyorgarlik, musobaqa, charchoq, kognitiv charchoq, aerob chidamlilik, jismoniy faollik.