14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida faol qo'llanilayotgan emoji va smayliklarning o'zbek tilidagi lingvistik, pragmatik hamda diskursiv funksiyalari kompleks tahlil qilinadi. Emoji va smayliklarning paralingvistik vosita sifatidagi mohiyati, yozma nutqdagi hissiy-ekspressivlikni ta'minlashdagi roli, nutqiy tejamkorlikka ta'siri hamda milliy-madaniy semantika bilan bog'liqligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari o'zbek tilshunosligida raqamli diskursni o'rganishning dolzarbligini ko'rsatadi.
Keywords: emoji, smaylik, raqamli diskurs, paralingvistika, pragmatika, yozma nutq, o'zbek tili.