NEYROTARMOQ «UCHINCHI SHAXS»MI? SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHDA ADVOKATLIK SIRI

11.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11

Abstract. Maqola advokatlik siri va advokatning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishi o‘rtasidagi nisbatga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektga oid dastlabki normalar qabul qilingani, biroq «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonunda mijoz ma’lumotlarini bunday tizimlarga kiritish mumkinligi belgilanmagani bilan bog‘liq. Ishning maqsadi – ulardan foydalanish advokatlik sirini buzmaydigan shartlarni aniqlash. Dialektik, formal-yuridik va qiyosiy-huquqiy usullar, huquqiy modellashtirish va huquqiy statistika usullari qo‘llanildi, Amerika advokatlar assotsiatsiyasi va Yevropa advokatlar kengashining tavsiyalari hamda sud amaliyoti o‘rganildi. Bunday tizimlardan foydalanishning uch bosqichli modeli va Qonunning 9-moddasiga qo‘shimcha taklif etildi. Natijalardan qonun ijodkorligida va Advokatlar palatasi faoliyatida foydalanish mumkin.

Keywords: advokatura, advokatlik siri, maxfiylik, advokat kasbiy etikasi, sun’iy intellekt, generativ til modellari, shaxsga doir ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor