“TA’LIM MUASSASALARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR”

09.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada umumta’lim muassasalarida texnologiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy davlatlar (AQSh, Yaponiya, Germaniya va Finlyandiya) tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. An’anaviy "mehnat ta’limi" qoliplaridan voz kechib, o‘quvchilarda kreativ hamda muhandislik tafakkurini shakllantirish, STEM yondashuvi va loyihaviy ta’lim (PBL) texnologiyalarini amaliyotga joriy etishning didaktik xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro innovatsion o‘qitish metodikalarini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish, dars jarayonlarida zamonaviy dizayn va texnologik modellashtirish vositalarini integratsiya qilish orqali yoshlarning ixtirochilik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords: Texnologiya fani didaktikasi, xorijiy tajriba, muhandislik tafakkuri, STEM yondashuvi, loyihaga asoslangan ta’lim (PBL), innovatsion metodika, texnologik modellashtirish, kasbiy kompetensiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor