30.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati (TQF) natijalaridan foydalanishning ijtimoiy zaruriyati va huquqiy asoslarini kompleks tahlil qilish hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Metodlar. Tarixiy-huquqiy, formal-mantiqiy, tizimli-tarkibiy va qiyosiy-huquqiy usullar qo‘llanildi. Normativ bazani 2023-yilgi Konstitutsiya, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Oliy sud Plenumi qarorlari va 2024-yilgi raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun tashkil etdi. Qiyosiy tahlil MDH davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya qonunchiligi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi amaliyotini qamrab oldi. Empirik baza — muallif tomonidan tergov qilingan 400 dan ortiq jinoyat ishi va 100 dan ortiq sud hukmi. Natijalar. TQF natijalaridan foydalanish huquqiy asoslarining ko‘p darajali tizimi aniqlandi. Konstitutsiyaviy huquqlarni cheklovchi tadbirlarga ruxsat berishdagi ikki xil standart (prokuror va tergov sudyasi), provokatsiya mezonlarining yo‘qligi, raqamli natijalarning tezkor bosqichdan protsessual bosqichga o‘tishi reglamentlanmaganligi kabi yetti tizimli kamchilik ko‘rsatildi. Natijalarni taqdim etish va rasmiylashtirish amaliyotidagi takrorlanuvchi muammolar tasniflandi. Xulosa. TQF natijasi qonuniy olingan, JPKda belgilangan tartibda taqdim etilgan, tekshirilgan va baholangan taqdirdagina dalil maqomini oladi. TQF Qonunining 16 va 19-moddalariga, JPKning 88 va 204²-moddalariga o‘zgartishlar hamda raqamli natijalar uchun yagona standart (xesh-summa, saqlash zanjiri, yagona reyestr) taklif etildi.
Keywords: tezkor-qidiruv faoliyati, tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari, dalil, maqbullik, isbotlash, dastlabki tergov, raqamli dalil, inson huquqlari, sud nazorati, provokatsiya.