13.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada Salvia L. turkumiga mansub dorivor o‘simliklarni in vitro sharoitida ko‘paytirish, biologik faol birikmalar biosintezini optimallashtirish va genetik resurslarini uzoq muddat saqlash istiqbollari yoritilgan. Dorivor mavrak turlarining biologik xususiyatlari, fenolik birikmalar, flavonoidlar, terpenoidlar va efir moylarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘simlik to‘qimalari kulturasi, oziqa muhiti tarkibi, fitogormonlar hamda elicitorlardan foydalanishning metabolitlar to‘planishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Genetik resurslarni saqlashda sekin o‘sish sharoitida saqlash va kriosaqlash usullarining imkoniyatlari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari Salvia turkumiga mansub dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, biologik faol moddalar olish va qimmatli genetik resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha istiqbolli biotexnologik yondashuvlarni umumlashtirishga xizmat qiladi.
Keywords: Salvia L., dorivor o‘simliklar, in vitro, mikroko‘paytirish, to‘qima kulturasi, biologik faol birikmalar, ikkilamchi metabolitlar, fenolik birikmalar, flavonoidlar, terpenoidlar, fitogormonlar, elicitorlar, kriosaqlash, genetik resurslar.