09.10.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek musiqashunosligida bolalar vokal – xor musiqasining polifonik xususiyatlari hamda janr dinamikasi, ilmiy – nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik soddalik va badiiy murakkablik o‘rtasidagi dialektik munosabatlar, Yevropa kontrapunkt an’analari hamda milliy monodik lad (maqom va folklor) tizimining sintezi natijasida shakllangan “milliy polifoniya” hodisasi ochib berilgan. Struktur – funksional, tarixiy – qiyosiy hamda kompozitsion tahlil usullari vositasida bolalar xor repertuarining sodda monodik qo‘shiqlardan kanon, geterofoniya, erkin polifoniya va yirik kantata – syuita shakllarigacha bo‘lgan evolyutsion taraqqiyot yo‘li yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy estrada – pop tendensiyalarining akademik xor an’analariga ta’siri va ushbu sohani rivojlantirishning amaliy – pedagogik istiqbollari asoslab berilgan.
Keywords: bolalar xor musiqasi, o‘zbek bastakorlik maktabi, polifoniya, geterofoniya, kanon, janr dinamikasi, monodiya, kantata.