20.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Maqola O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda mamlakatimiz va xorijiy konstitutsiyaviy huquq fanida shakllangan iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy kafolatlari tushunchasi hamda tasnifiga doir doktrinal yondashuvlar ochib beriladi. Iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Keywords: konstitutsiyaviy kafolatlar; iqtisodiy faoliyat; tadbirkorlik erkinligi; mulk daxlsizligi; sud himoyasi; investitsiya kafolatlari.