21.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8
Abstract. Mazkur maqolada xalqaro sport nizolarini hal etishda Sport arbitraj sudining (Court of Arbitration for Sport — CAS) huquqiy maqomi, yurisdiksiyasi va zamonaviy arbitraj amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqotda CAS tomonidan nizolarni ko‘rib chiqishning oddiy arbitraj va apellyatsiya arbitraji shakllari, shuningdek, antidoping nizolarini hal etish mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. CAS amaliyotida protsessual adolat, sportchilarning eshitilish huquqi, arbitrajchilarning mustaqilligi va xolisligi, nizolarni tezkor ko‘rib chiqish hamda arbitraj qarorlarining yakuniyligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, CAS qarorlarining xalqaro sport huquqining rivojlanishi va Lex Sportiva shakllanishiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida sport arbitrajida tezkorlik va protsessual adolat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, sportchilarning protsessual huquqlarini kuchaytirish, arbitrajchilarning mustaqilligini ta’minlash hamda arbitraj qarorlarining samarali ijrosini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada CAS amaliyotining O‘zbekiston sport huquqi uchun ahamiyati ham asoslab berilgan.
Keywords: xalqaro sport huquqi, sport arbitraji, Sport arbitraj sudi, CAS, xalqaro sport nizolari, Lex Sportiva, antidoping, protsessual adolat, sportchi huquqlari, arbitraj qarori.