03.07.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan monetar siyosat instrumentlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosiy stavka, foiz koridori, ochiq bozor operatsiyalari, likvidlikni sterilizatsiya qilish vositalari, majburiy zaxira talablari hamda kommunikatsion siyosatning inflyatsiya, pul bozori foiz stavkalari, banklar likvidligi, depozitlar va kreditlash hajmiga ta’siri baholanadi. Tahlil 2021–2025-yillar ma’lumotlari hamda 2026-yil birinchi chorakdagi pul bozori ko‘rsatkichlariga asoslandi. Natijalar asosiy stavka va ochiq bozor operatsiyalari pul bozori stavkalarini Markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichiga yaqinlashtirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kreditlash, ayniqsa iste’mol kreditlari yuqori sur’atda o‘sishda davom etayotgani monetar transmissiya mexanizmi to‘liq shakllanib ulgurmaganini bildiradi. Maqolada monetar siyosat instrumentlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: monetar siyosat, asosiy stavka, inflyatsion targetlash, UZONIA, likvidlik, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxira, kreditlash, inflyatsiya, foiz koridori.