05.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur ishda PCE-RVI 2 viscometer yordamida avtomobil moylarining qovushqoqlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning sifatini baholash usullari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida moylarning turli harorat sharoitlarida oqim xossalari, ichki ishqalanish darajasi hamda ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida moylarning standart talablariga mosligi, ularning dvigatel ish samaradorligiga ta’siri va xizmat muddatini uzaytirishdagi ahamiyati baholandi. Shuningdek, viskozimetriya usulining afzalliklari, aniqlik darajasi va amaliy qo‘llanish imkoniyatlari yoritib berildi.
Keywords: qovushqoqlik, avtomobil moylari, viskozimetriya, PCE-RVI 2 viscometer, sifat nazorati, harorat ta’siri, reologik xossalar, moyning ekspluatatsion xususiyatlari, ichki ishqalanish, laboratoriya tahlili.