SANOAT KORXONALARIDA HR ANALYTICS ASOSIDA IMTIYOZLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH

30.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur ilmiy tezisda sanoat korxonalarida xodimlarga taqdim etiladigan imtiyozlar tizimining samaradorligini HR analytics asosida baholash va optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — raqamli tahlil vositalari yordamida imtiyozlarning xodimlar motivatsiyasi, mehnat unumdorligi va tashkilotdagi sadoqat darajasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalarida inson resurslarini boshqarishda an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv tizimlariga o‘tish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil, solishtirma tahlil hamda korrelyatsion-regression usullar qo‘llanilib, imtiyozlar xarajatlari va asosiy HR ko‘rsatkichlari (employee engagement, turnover, absenteeism, productivity) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Xususan, yirik sanoat korxonasi sifatida O‘zbekko‘mir AJ misolida imtiyozlar tizimining amaldagi holati tahlil qilinib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqildi.

Keywords: HR analytics, sanoat korxonalari, imtiyozlar tizimi, xodimlar motivatsiyasi, mehnat unumdorligi, employee engagement, kadrlar almashinuvi (turnover), absenteeism, KPI, raqamli HR platformalar, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv, ijtimoiy paketlar, inson resurslarini boshqarish, korporativ samaradorlik, O‘zbekko‘mir AJ.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor