24.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Iqtisodiy xavfsizlik har bir davlatning barqaror rivojlanishi, milliy mustaqilligi va ijtimoiy farovonligini ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. U mamlakat iqtisodiyotining tashqi va ichki tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyatini, resurslardan samarali foydalanishni hamda iqtisodiy tizimning uzluksiz va barqaror ishlashini ifodalaydi. Zamonaviy globallashuv jarayonida davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi bilan birga turli xil xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Shu sababli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi har bir mamlakat uchun strategik ahamiyat kasb etadi.
Keywords: tashqi va ichki tahdidlarga qarshi barqarorlik. Tashqi tahdidlar jahon bozoridagi inqirozlar, narxlarning o‘zgarishi, siyosiy bosimlar orqali namoyon bo‘lsa, ichki tahdidlar korrupsiya, iqtisodiy boshqaruvdagi kamchiliklar, ishlab chiqarish samaradorligining pastligi kabi omillar bilan bog‘liq.